
Gulnora Karimovaning navbatdagi oʻn millionlab dollari Oʻzbekistonga qaytariladi
Musodara qilingan mablagʻlar bir nechta davlatlar oʻrtasida taqsimlandi.

Belgiya Gulnora Karimova ishi boʻyicha musodara qilingan 200 mln dollardan 108 mln dollarini Oʻzbekistonga oʻtkazadi, deb xabar berdi Belgiya davlat gʻaznasi matbuot xizmati.
Bryussel prokuraturasi Oʻzbekiston adliya organlaridan telekommunikatsiya sohasida shartnomalar tuzishda korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirish holatlari boʻyicha tergov doirasida xalqaro huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida soʻrov oldi.
28-mart kuni prokuratura hibsga olish va mol-mulkni musodara qilish boʻyicha markaziy organga Belgiya davlat gʻaznasi hisobiga 108 mln dollar oʻtkazishni topshirdi. BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga asoslangan xalqaro topshiriq boʻyicha Oʻzbekiston rasmiylarining iltimosiga binoan Belgiyada 200 mln dollarlik aktivlar musodara qilindi.
Sud musodara qilingan aktivlar Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida amal qiladigan huquqiy mexanizmga oʻxshash tarzda ikki davlat oʻrtasida taqsimlanishi kerak, deb qaror qildi. Shunday qilib, 200 dollardan 108 millioni Oʻzbekistonga oʻtkaziladi.
Soʻnggi yangiliklar







