
Guliston—Chinorkent yoʻnalishida yangi elektropoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi
Vagonlar isitish va sovutish tizimlari bilan jihozlangan, poyezd kerakli masofani bir necha soatda bosib oʻtadi.

Oʻzbekistonda Guliston—Toshkent—Chinorkent yoʻnalishida poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi, deya xabar bermoqda OʻzA.
Guliston shahridan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chinorkent bekatigacha tezyurar elektropoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Vagonlar isitish va sovutish tizimlari bilan jihozlangan. Elektropoyezd 6 ta vagondan iborat boʻlib, 586 yoʻlovchiga moʻljallangan. Gulistondan Chinorkentgacha boʻlgan masofani 3 soatu 30 daqiqada bosib oʻtish mumkin.
Gulistondan Toshkentgacha yoʻl haqi 20 ming soʻm, Chinorkentgacha kattalar uchun 40 ming soʻm, bolalar uchun esa 23 ming soʻm. Toʻlovni ATTO transport kartasi yordamida amalga oshirish yoki chiptalarni temir yoʻl kassalaridan xarid qilish mumkin.
Elektropoyezd har kuni jadval boʻyicha qatnaydi.
- Gulistondan ertalab soat 6:11 da joʻnab ketish;
- Chinorkentdan Gulistonga 15:43 da joʻnab ketish;
- Gulistonga yetib kelish soat 19:00 da.
Soʻnggi yangiliklar







