Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi uchun jazo kuchaytirildi
O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari ning noqonuniy aylanmasi uchun jazo choralari kuchaytirildi.
O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarning telekommunikatsiya va internet tarmoqlaridan foydalangan holda noqonuniy aylanishi, shuningdek, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir etganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi. Bundan tashqari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki jo‘natganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy kodekslarga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 23-aprelda qabul qilingan va Senat tomonidan 21-iyunda ma’qullangan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bir qator yangi moddalar kiritildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi O‘zbekistonda bojxonachilar tomonidan 9 oyda qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani ochiqlandi Toshkentda 5,2 mlrd so‘mlik giyohvandlik vositalari fosh etildi O‘zbekiston fuqarolari Rossiya armiyasiga yollansa jinoiy javobgarlikka tortiladi Toshkentda rekord miqdorda giyohvandlik vositalari ishlab chiqargan shaxs ushlandi