“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 4 oyga yopiladi
Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 5-fevraldan boshlab 4 oyga yopiladi.

Toshkent viloyatida o‘zbek-qozoq chegarasida joylashgan “G‘ishtko‘prik” (Chernyayevka) chegara bojxona posti 5-fevraldan boshlab 4 oyga yopiladi, deya xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, cheklov mazkur postdagi katta qurilish va rekonstruksiya ishlarini mantiqiy nihoyasiga yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Xususan, postda vaqtinchalik binolarni demontaj qilish, hududni obodonlashtirish, postga tutash hududda zarur infratuzilmani tashkil etish nazarda tutilgan.
“G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalarining harakati 5-fevral kunidan “Navoiy” chegara bojxona postiga yo‘naltiriladi. U Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan bo‘lib, “G‘ishtko‘prik” postiga yaqin hudud hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uchun qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Navoiy” chegara bojxona postida yuk avtotransport vositalari harakati cheklanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Respublika boʻylab 53,7 ming aholi gaz taʼminotidan vaqtincha uziladi Toshkentning ikki tumani vaqtincha “svet”siz qoladi Toshkentning ikki tumanida tunda “svet” o‘chirildi Zomin aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatildi “Gʻishtkoʻprik” postida 2,8 ming dona pnevmatik qurol oʻqlari toʻxtatib qolindi
Soʻnggi yangiliklar







