
FVV xodimlari Andijonda gaz portlashidan soʻng respublikadagi masjidlarini tekshirishni boshladi
Turar-joy va tahoratxonalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Andijon viloyatidagi masjidda sodir boʻlgan portlashdan soʻng Oʻzbekiston masjidlarida issiq suv taʼminoti va isitish tizimlari monitoringi boshlandi, deb xabar bermoqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati.
Idora maʼlumotlariga koʻra, muassasalarda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish boʻyicha rejali ishlar boshlangan. Masjidning turar joylari, yordamchi binolar, tahoratxona va unga tutash binolarga alohida eʼtibor qaratildi.
Tekshiruvlarda mahalliy hokimiyat organlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligining hududiy boshqarmalari mutaxassislaridan iborat hududiy ishchi guruhlar ishtirok etdi. Ular tomonidan ayrim masjidlarda issiq suv va issiqlik energiyasi taʼminotidagi kamchiliklar bartaraf etildi, issiqlik va tabiiy gaz taʼminoti tiklanmoqda.
Moʻmin-musulmonlar ham mana shunday profilaktik tadbirlarni toʻgʻri tushunib, olib borilayotgan ishlarda hamjihat boʻlishlarini soʻraymiz, deyiladi xabarda.
Soʻnggi yangiliklar







