27 Iyul 2024, 12:08 •Oʻzbekiston
Fuqaroni ming dollar evaziga OTMga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan bosh muhandis ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali bosh muhandisi Sh.X. fuqarolar Sh.Ya. va X.K.ning ishonchiga kirib, ularni Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 1 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda haydovchi YPX xodimini sudrab ketdi Ikki hududda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi Namanganda begonaning yerini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi Samarqandda chinor daraxtini kesgan fuqaro tabiatga 115 mln soʻm zarar yetkazdi O‘zbekistondagi uchta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kiritildi
Soʻnggi yangiliklar

Kelasi hafta boshida ob-havo qanday boʻlishi aytildi
8 Fevral 2025, 19:25
Belarusning yangi elchisi Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi
8 Fevral 2025, 18:30
“Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yiliga moʻljallangan davlat dasturi qabul qilindi
8 Fevral 2025, 17:36
Toshkentda 1,7 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
8 Fevral 2025, 16:43
O‘zbekistonda yil oxirigacha Ai-80 benzini sotuvi butunlay cheklanadi
8 Fevral 2025, 15:57
Toshkentda uy-joy uchun ijara narxi arzonlashmoqda
8 Fevral 2025, 14:40
Navoiyning ikki tumaniga yangi IIB boshliqlari tayinlandi
8 Fevral 2025, 13:38
Toshkentda mast haydovchi Lacetti’da 2 ta Cobalt va temir ustunga borib urildi
8 Fevral 2025, 12:35