27 Iyul 2024, 12:08 Oʻzbekiston

Fuqaroni ming dollar evaziga OTMga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Fuqaroni ming dollar evaziga OTMga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan bosh muhandis ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali bosh muhandisi Sh.X. fuqarolar Sh.Ya. va X.K.ning ishonchiga kirib, ularni Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 1 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar