Fuqarolarga qarzdorligini “nol” qilib berishini aytgan gazchi va hisobchi ushlandi
Samarqand va Toshkent viloyatlarida energiya resurslaridan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan gazchi va hisobchi qo‘lga olindi.
Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida “svet” hamda gazdan qarzdorlikni yo‘q qilib berishni vaʼda qilgan gazchi va hisobchi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bulung‘ur tumanida tumangaz taʼminoti bo‘limi mahallada ishlash xizmati gazchisi S.X. fuqaro M.B.ning xonadonida ko‘rik davomida tabiiy gaz taʼminotidan aniqlangan 1,6 mln so‘m zararni 14 mln so‘m ekanini aytgan.
U go‘yoki ushbu zarar miqdorini kamaytirib berishi evaziga M.B.dan 4,4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Olmaliq shahar ETK hisobchisi Z.A. fuqaro D.N.ning “Do‘stlik” MFYdagi uyining elektr taʼminotidan 5 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib berishi evaziga 3 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda sud raisining haydovchisi pora bilan ushlandi Samarqandda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Samarqandda diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan yigit qamaldi Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi