O‘zbekiston

Fuqaro organ xodimiga hujum qilgan jinoyatchini qo‘lga olishda yordam bergani uchun mukofotlandi

IIVda ushbu fuqaroga pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

Fuqaro organ xodimiga hujum qilgan jinoyatchini qo‘lga olishda yordam bergani uchun mukofotlandi

IIV profilaktika inspektoriga pichoq bilan hujum qilgan jinoyatchini qo‘lga olishda huquq-tartibot idoralariga yordam bergan fuqaroni taqdirladi.

Jinoyatchi qo‘lida pichoq bilan yaqin atrofda turgan avtobusga chiqdi. Ikki nafar YPX xodimi va profilaktika inspektori avtobusdagi yo‘lovchilarni zudlik bilan evakuatsiya qilgan. Jinoyatchi maxsus vositalar va jismoniy kuch ishlatib hibsga olindi.

Bu jarayonda fuqaro Vladimir Avdiyans huquq-tartibot idoralariga faol yordam berdi, deb alohida ta’kidladi IIV. Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda fuqaroga “Ichki ishlar vazirligining tashakkurnomasi” va 10 mln so‘m pul mukofoti topshirildi.

IIVning tegishli buyrug‘i bilan jinoyatchini qo‘lga olgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga ham “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari topshirildi, leytenantlardan biriga esa rag‘batlantirish tariqasida muddatidan oldin “katta leytenant” maxsus unvoni berildi.

Eslatib o‘tamiz, voqea 19-may kuni Toshkentda sodir bo‘lgandi. YPX xodimi shubhali fuqaroning hujjatlarini tekshirish chog‘ida pichoqlangan. Erkak huquq-tartibot xodimining bo‘yniga jarohat yetkazgan. Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan, u yerda shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid