27 Yanvar 2025, 13:17 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

Firibgarlikda ayblanib, qidiruvga berilgan erkak Turkiyada ushlandi

U Turkiya O‘zbekiston IIVlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan va Toshkent shahriga deportatsiya qilingan.

Firibgarlikda ayblanib, qidiruvga berilgan erkak Turkiyada ushlandi

Firibgarlik uchun 2023-yildan beri qidiruvda bo‘lgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada ushlandi.

Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, u 1991-yilda tug‘ilgan A.I. bo‘lib, firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, fuqarolarga katta miqdorda zarar yetkazganlikda ayblanmoqda. Ushbu fuqaro Turkiya va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi va Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raldi.

Mashhur yangiliklar