Firibgarlar prezidentning fotosuratidan foydalanib, yolg‘on xabar tarqatayotgani aytildi
O‘zbekistonda firibgarlar davlat rahbarining fotosuratidan foydalanib, yolg‘on xabar tarqatayotgani ma’lum bo‘ldi.
Investitsiya kiritish orqali mo‘maygina mablag‘ ishlab olish mumkinligi haqida aytilayotgan videoroliklar yolg‘on deya xabar bermoqda Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati.
Telegram orqali tarqalgan qisqa videoda davlat rahbari nomidan “O‘zingizga va oilangizga qarzlar va barcha kreditlarni yopishga yordam bering. Hayotingizni bugun o‘zgartirish imkoniyatidan foydalaning. Har bir plastikda 17 million so‘m”, deyilgan xabarlar yuborilmoqda.
Markaz internet orqali mo‘may daromad taklif etayotgan har qanday axborotni jiddiy tekshirishni so‘ramoqda.
Ayniqsa, bugun internet firibgarlari hukumat vakillari, mashhur shaxslar qiyofasidan foydalangan holda soxta reklama xabarlarini yaratmoqda. Shuning uchun investitsiya kiritish orqali mo‘maygina mablag‘ ishlab olish mumkinligi haqida aytilayotgan videoroliklarga ishonmang, deyiladi markaz axbortida.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda soxta savdogar fuqaroni 22 mln so‘mga chuv tushirdi Andijonda o‘zganing nomiga onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs ushlandi Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi Namanganda oʻzganing behayo rasmlarini tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi Navoiyda o‘zganing qariyb 17 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi