29 Yanvar 2025, 13:10 •Oʻzbekiston
Farmatsevtika agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi
Prezident farmoni bilan Farmatsevtika agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:
- biologik faol qo‘shimchalar va kosmetika mahsulotlari sanoatini rivojlantirish, shu jumladan, bozor kon’yunkturasini o‘rganish, tahlil qilish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ushbu yo‘nalishdagi soha korxonalariga ilg‘or xorijiy amaliyot va standartlarni tatbiq etishga ko‘maklashish;
- mahalliy hokimliklar bilan birgalikda hududiy farmatsevtika korxonalarining investitsiya loyihalarini monitoring qilish va hisobini yuritish;
- farmatsevtika sohasini raqamlashtirish va axborot dasturlarini joriy etish.
2025 yil yakunigacha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining laboratoriyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining dastlabki kvalifikatsiya (prequalification) tartibidan o‘tkaziladi.
2025 yil 1 apreldan:
- cheklangan savdo ustamalari faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq etiladi;
- bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida tarkibi bir xil bo‘lgan dori vositalarini ishlab chiqarishda ushbu dori vositalarining barchasiga nisbatan eng past referent narx qo‘llanadi;
- “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” tomonidan xorijiy valyutada qayd etilgan referent narxlar belgilangan hollarda avtomatik ravishda (tadbirkor murojaatisiz) qayta ko‘rib chiqiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 1,4 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari yo‘q qilindi Jizzaxda 588 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar fosh etildi Toshkentda bolalar tagligiga yashirilgan dori vositalari aniqlandi Farg‘onada sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi Toshkentda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi
Soʻnggi yangiliklar

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi vazifalari belgilandi
26 Aprel 2025, 11:42
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
26 Aprel 2025, 10:51
O‘zbekiston birinchi chorakda Xitoyga gaz eksportini 2,5 barobardan ko‘proqqa oshirdi
25 Aprel 2025, 18:49
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
25 Aprel 2025, 16:06
O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi vizasiz rejim tahdid ostida: o‘zbekistonliklar Dubayga kiritilmadi
25 Aprel 2025, 14:03
Shukrullo Isroilovga tegishli avtomobilni olib qochgan yigit qamaldi
25 Aprel 2025, 13:24
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi
25 Aprel 2025, 12:39
Bolaning oyog‘ini qaynoq suv bilan kuydirishgan bog‘cha noqonuniy ishlagani aniqlandi
25 Aprel 2025, 11:17