18 Dekabr 2024, 11:27 Oʻzbekiston

Fargʻonadagi portlashda vafot etganlar soni 4 nafarga yetdi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 5 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Fargʻonadagi portlashda vafot etganlar soni 4 nafarga yetdi

Kecha, 17-dekabr kuni Fargʻona shahrida joylashgan “zapravka”da katta yongʻin yuz bergandi. Viloyat FVBning dastlabki xabarida yongʻin oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgani, 4 nafar fuqaro tan jarohati olgani aytilgandi.

Bugun, 18-dekabr kuni Fargʻona viloyat IIB yongʻindan jabrlanib, shifoxonaga yotqizilgan 3 nafar fuqaro koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 259-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

“Ushbu jinoyat ishi doirasida 5 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan, 2 nafar shaxslarni ushlash choralari koʻrilmoqda. Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi rasmiy xabarda.

Mashhur yangiliklar