13 Avgust 2024, 14:04 Oʻzbekiston

Farg‘onada yo‘l o‘rtasida janjallashgan ikki haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Janjal shu yerda xizmat olib borayotgan IIO xodimlari tomonidan bartaraf qilingan.

Farg‘onada yo‘l o‘rtasida janjallashgan ikki haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Farg‘ona shahar markazida janjallashgan ikki haydovchi 15 sutkaga qamaldi. Ular janjali aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining xabar qilishicha, 11-avgust kuni Farg‘ona shahar Sanoat ko‘chasida ikki nafar haydovchi 1995-yilda tug‘ilgan B.O. hamda 1990-yilda tug‘ilgan M.U. o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan.

Janjal shu yerda xizmat olib borayotgan IIO xodimlari tomonidan bartaraf qilingan.

Shuningdek, yuqoridagi shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan.

Sud ularning har biriga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Mashhur yangiliklar