Farg‘onada sevgi haqida video ishlagan yosh bolalarning otasi uzr so‘rab chiqdi
Farg‘ona viloyatida yosh bolalar sevgi haqida videolar ishlagani ortidan ularning otasi barchadan uzr so‘radi.
Farg‘onada yosh bolalar sevgi haqida videolar ishlagani ortidan ularning otasi barchadan uzr so‘radi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borildi. Ushbu bolalar, ularning ota-onalari hamda videorolik tayyorlagan fuqaro shaxsiga oydinlik kiritildi.
Bunaqa bo‘lishini bilmagan edik, boshqa takrorlanmaydi. Yoshlik qilib qo‘yibmiz, ishimdan afsusdaman. Hammadan uzr so‘rayman, deydi videoga olgan fuqaro.
Shuningdek, bolalarning otasi bundan bexabar bo‘lganini aytib, hammadan uzr so‘radi.Biz bexabar qolibmiz, ko‘rmabmiz. Hammalaringdan kechirim so‘raymiz. Farzandlarimni o‘zim nazorat ostiga olaman. Xudo xohlasa, bundan keyin bu ishlar takrorlanmaydi, deydi ota.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar o‘rganib chiqilib, voyaga yetmagan shaxsning otasiga hamda videolarni tarqatgan shaxsga maʼmuriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona aeroporti vaqtincha yopildi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Farg‘onadagi metan zapravkada 10 mrld so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi Farg‘onada 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlandi Fargʻonadagi ovqatlanish shoxobchasida qoʻlbola aroq sotilayotgani aniqlandi