Farg‘onada qimorxona tashkil qilgan shaxslar IIB xodimlariga pichoq bilan tashlandi
Ko‘rsatilgan faol qarshilikka qaramasdan, gumonlanuvchilarning barchasi jinoyat ustida qo‘lga olingan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyatida qimorxona tashkil qilgan shaxslar Ichki ishlar xodimlariga bolta va pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18 yanvar kuni Farg‘ona viloyati IIB Tezkor xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Farg‘ona viloyati Quva tumani Soykeldi mahallasida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan shaxs o‘z xonadonida qimorxona tashkil etgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, u o‘z xonadoniga Andijon viloyati va Quva tumani fuqarolaridan jami 9 nafar shaxslarni jalb etgan.
Tezkor tadbir davomida yuqoridagi shaxslar tomonidan IIB xodimlariga bolta va pichoq bilan ko‘rsatilgan faol qarshilikka qaramasdan, gumonlanuvchilarning barchasi jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Ushbu o‘yinda fuqarolar tomonidan tikilgan jami 17 mln so‘mdan ziyod pullar, 200 AQSH dollari va 35 rubl kupyuradagi pullar, 8 dona oshiq va 25 dona oshiq otish uchun stakanlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qo‘qonda bir guruh shaxslar ko‘p yillik chinorni arralab, qochib ketdi Farg‘onada erkak o‘zi o‘g‘rilikka tushgan xonadon bekasini pichoqlab o‘ldirdi Farg‘onada giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi Farg‘onada sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi Farg‘onada rossiyaliklardan pul undirib kelgan jinoiy guruh fosh etildi
Soʻnggi yangiliklar







