Farg‘onada o‘qituvchi 8-sinf o‘quvchisini kaltakladi
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat berdi.

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida o‘qituvchi o‘quvchini beayov kaltakladi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, videodagi holat o‘tgan yilning dekabr oyida Marg‘ilon shahridagi 11-sonli maktabda sodir bo‘lgan. Maktabning 8-“A” sinf rahbari S.D. 8-sinf o‘quvchisi T.M.ni muntazam darslarga kirmay yurgani, ko‘p sho‘xlik qilgani va o‘qituvchilarning shikoyatlari sababli koyib, tanbeh berib, tartibga chaqirgan. O‘quvchiga muallimaning so‘zlari yoqmagan va u ustozga nisbatan hurmatsizlik qilib, qo‘pol so‘zlar bilan gap qaytargan. O‘qituvchi o‘zini tutolmay, asabiy holatda o‘quvchiga qo‘l ko‘targan.
Ushbu ko‘ngilsiz voqea maktab jamoasida muhokama qilingan. Muallima o‘zining xatti-harakatidan afsusdaligini, bunday holat qaytarilmasligini bildirgan. Maktab rahbariyati pedagogga xos bo‘lmagan harakatlarni sodir etgani uchun o‘qituvchiga nisbatan 28 dekabr kuni tegishli tartibda intizomiy jazo chorasini qo‘llagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryoda “peshexod”dan o‘tayotgan 8 yoshli bolani mashina urib yubordi Toshkentda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi jarimaga tortildi Qashqadaryoda o‘quvchi o‘qituvchining yuziga tarsaki tushirdi Samarqandda mashina boshqargan 11-sinf o‘quvchisi YTHda halok bo‘ldi Sirdaryodagi maktabda o‘qituvchini urgan ayol uzr so‘rab chiqdi
Soʻnggi yangiliklar







