18 Dekabr 2024, 16:35 Oʻzbekiston

Farg‘onada erkak ikkinchi xotinini urib, jag‘ini sindirdi

Oltiariq tumanida 23 yoshli erkak qo‘shxotinlik va oilaviy zo‘ravonlik uchun jazoga tortildi. 

Farg‘onada erkak ikkinchi xotinini urib, jag‘ini sindirdi

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi shaxs qo‘shxotinlik va oilaviy zo‘ravonlik uchun jinoiy jazoga tortildi.

Sud hujjatlarida keltirilishicha, 2001 yilda tug‘ilgan D.O‘. Oltiariq tumanining Sharq mahallasidagi uyida 2023 yilning avgust oyidan 2024 yilning may oyiga qadar X.T. va S.I. bilan er-xotin sifatida yashab kelgan. Erkak 2024 yil 24 may kuni turmush o‘rtog‘i S.I. bilan janjallashib, homiladorligini bilgani holda uning yuziga musht tushirgan.

Oqibatda S.I.ning pastki jag‘ suyagi ikki joyidan sinib, u o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan. D.O‘. sudda aybiga to‘liq iqror bo‘lgan hamda qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

Sud hukmi bilan D.O‘. Jinoyat kodeksining 126-moddasi (ko‘p xotinli bo‘lish) va 126-1-moddasi 5-qismi “b” bandida (homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Mashhur yangiliklar