5 Dekabr 2024, 14:59 Oʻzbekiston

Farg‘onada hokimlik balansidagi uyni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘onada hokimlik balansidagi uyni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahri hamda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida uy-joy olib berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.

Marg‘ilonda fuqaro M.T. fuqaro Sh.Yu.ning ishonchiga kirib, 4200 dollar evaziga Farg‘ona hokimligi balansidagi orderli uyni uning nomiga rasmiylashtirib berishni hamda uy-joy sotib olish uchun subsidiya olib berishni va’da qilgan. Buning uchun oldindan 1200 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on tumanida “K.K.S.” MChJ rahbari A.A. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) fuqaro M.K.ning ishonchiga kirib, uning “Zarqo‘rg‘on” MFYdagi xonadonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga 800 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar