Fargʻonada 71 mln soʻmlik pirotexnika vositalari yuklangan Spark toʻxtatildi
Xozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Fargʻona viloyati Dangʻara tumani 85 ming 856 dona pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarining bojxona boshqarmalari IIB xodimlari bilan hamkorlikda Dangʻara tumani hududida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tadbir davomida Spark rusumli yengil avtotransport vositasi Dangʻara tumani hududida toʻxtatilib belgilangan tartibda koʻzdan kechirilgan. Unda avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 71 mln soʻmlik 3 turdan iborat jami 85 856 dona salyut va petardalar borligi aniqlangan.
Xozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Fargʻonada “Tozalash” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari oʻtkazildi Qo‘qonda bir guruh shaxslar ko‘p yillik chinorni arralab, qochib ketdi Farg‘onada erkak o‘zi o‘g‘rilikka tushgan xonadon bekasini pichoqlab o‘ldirdi Farg‘onada giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi Farg‘onada sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi
Soʻnggi yangiliklar







