3 Fevral 2025, 10:15 Oʻzbekiston

Farg‘onada 483 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari ushlab qolindi

Farg‘ona viloyatida 483 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirib olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.

Farg‘onada 483 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari ushlab qolindi

Farg‘onada 483 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirib olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Farg‘ona aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Istanbul-Farg‘ona yo‘nalishida Farg‘onaga uchib kelgan fuqaro olib kirish me’yoridan ortiqcha va bojxona nazoratidan o‘tkazilishi zarur bo‘lgan tovarlari mavjud emasligini ma’lum qilgan. U yo‘lovchi bojxona deklaratsiyani to‘ldirmasdan “yashil yo‘lak” orqali harakatlangan.

Ushbu fuqaro harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otganligi sababli to‘xtatilib, o‘zi va unga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkalari belgilangan tartibda bojxona nazoratdan o‘tkazilgan.

Natijada, fuqaro qo‘l sumkasida, o‘zida taqilgan va tana a’zolariga yashirilgan umumiy qiymati 483 mln so‘mlik og‘irligi 620 grammga teng bo‘lgan 5 turdagi 105 dona zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar