Fargʻonada 414 dona suyultirilgan gaz balloni yashirilgan “bunker”lar aniqlandi
Buvayda tumanida 414 dona suyultirilgan gaz ballonini talon-toroj qilish holati fosh etildi.
Fargʻona viloyati Buvayda tumanida 414 dona suyultirilgan gaz ballonini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 14-oktyabr kuni Buvayda tumanida oʻtkazilgan reyd tadbirida tumanning Dehqonobod va Doʻstlik MFYlarida suyultirilgan gaz ballonlarini noqonuniy saqlash uchun moʻljallangan “bunker”lar aniqlandi.
Xususan, Dehqonobod MFYda fuqaro A.T.ga tegishli noturar joyda 69 ta, fuqaro E.F. xonadonida 35 ta “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminotiga tegishli maishiy gaz ballonlari topilgan. Fuqaro A.K. mahalladagi noturar joyda “bunker” tashkil qilgan va u yerda 110 ta maishiy gaz balloni aniqlangan.
Shuningdek, Doʻstlik MFYda joylashgan fuqaro A.T.ga tegishli noturar joyda T.H. tomonidan “bunker” tashkil etilgan holda, 200 dona gaz balloni saqlanayotgani maʼlum boʻlgan.
“Tadbirlar davomida jami 414 dona (314 tasi suyultirilgan gaz bilan toʻldirilgan) maishiy gaz ballonlaridagi 6,2 ming kg suyultirilgan gaz mahsuloti talon-toroj qilinishining oldi olindi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilgan va barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
FVV aholi va korxona rahbarlariga murojaat bilan chiqdi Samarqanddagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi halok boʻldi Farg‘onada 360 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan choyxona aniqlandi Farg‘onada ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Ichida bolalar bo‘lgan Damas Farg‘ona kanaliga tushib ketdi