Fargʻonada 4 nafar fuqaro fast-fuddan zaharlandi
Ular “Oshqozon-ichak faoliyatining funksiyasini buzilishi” tashxisi bilan boʻlimga yotqizilgan.
Fargʻona viloyatida 4 nafar fuqaro ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Sanepidqoʻmita axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 6-noyabr kuni soat 11:30 larda Sanepidqoʻmita Fargʻona viloyati boshqarmasi Oʻzbekiston tumani boʻlimiga tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Yuqumli kasalliklar boʻlimiga 4 nafar bemorni oshqozon-ichak faoliyatining funksiyasini buzilishi tashxisi bilan yotqizilganligi yuzasidan xabarnoma berilgan.
Ushbu xabarnomaga asosan Sanepidqoʻmita xodimlari tomonidan sanitariya-epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilgan.
Surishtiruv davomida bemorlarning 2 nafari 5-noyabr kuni tushlik vaqtida tumanning Yaypanbozorbosh MFY, Ibn Sino koʻchasida, yana 2 nafar bemor esa ushbu tumanning Oqtepa MFY, Turkiston koʻchasida joylashgan fast-fud shoxobchasidan xot-dog isteʼmol qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, bemorlar shifoxonada shifokorlar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, “Oshqozon-ichak faoliyatining funksiyasini buzilishi” tashxisi bilan boʻlimga yotqizilgan. Ularning umumiy holati qoniqarli deb baholanmoqda.
Ushbu holat Sanepidqoʻmita mutaxassislari tomonidan toʻliq nazoratga olingan. Oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qariyb 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarni sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkentda olib qochilgan Nexia-3 Fargʻonadan topildi Farg‘ona va Andijonda suyultirilgan gaz va gaz ballonlari talon-toroj qilindi Farg‘onada 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Farg‘onada hokimlik balansidagi uyni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi