Farg‘onada 21 yoshli yigitni kaltaklagan erkak qamaldi
O‘zbekiston tumanida yosh yigitni kaltaklagan 36 yoshli erkak qamoqqa olindi.

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani markazida erkak yosh yigitni kaltaklab, yerga sudradi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olinganini xabar qildi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlarida mazkur huquqbuzarlikni 36 yoshli O.X. sodir qilgani aniqlangan. U 21 yoshli jabrlanuvchini kaltaklaganiga quyidagicha izog bergan:
Dadam yonimizdagi dalada qo‘y boqib yurgan ekan. “Sen cho‘loqsan!” deb otamning shaxsiyatiga tegibdi. Shundan so‘ng bolani izlab bordim va kechirim so‘rashini aytdim. Lekin borgisi kelmay, qarshilik qilgani uchun jahl ustida urib yubordim, degan ayblanuvchi.
Tuman markaziy shifoxonasining dastlabki ma’lumotida jabrlanuvchi A.B.ga bosh, yuz, burun, lab ichki yuzasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi tashxisi qo‘yilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.X. qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona hokimi sportchi Alisher G‘aniyevga uy sovg‘a qildi Kompyuter klubida janjal ko‘targanlar qamoqqa olindi Fargʻonada avtomobil yoʻlining bir qismi oʻpirilib tushdi Farg‘onada noqonuniy hujra tashkil etgan shaxslar aniqlandi Farg‘onada 2 tup daraxtni noqonuniy kesgan fuqaro 223 ta ko‘chat ekib berdi
Soʻnggi yangiliklar







