5 Dekabr 2024, 16:49 Oʻzbekiston

Farg‘onada 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

To‘plangan barcha hujjatlar qonuniy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Farg‘onada 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Farg‘ona shahrida ko‘p miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Nazorat tadbirlaridan birida shaharning «Shakarqishloq» MFYda joylashgan issiqxona tekshirilgan. Tadbirkor hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, undan noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 1,6 milliard so‘mlik zarar aniqlandi.

To‘plangan barcha hujjatlar qonuniy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mashhur yangiliklar