Farg‘ona viloyatida “Farg‘ona” turistik-rekreatsion zonasi tashkil etiladi, deyiladi prezident qarorida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hudud Farg‘ona viloyatida 2 396 gektar maydonni egallaydi. Obyekt uchun 30 yil muddatga uzaytirish imkoniyati bilan maxsus rejim joriy etiladi. Yozyovon tumanidagi Markaziy Farg‘ona suv ombori qirg‘oqlarida turizm xizmatlari tashkil etilib, ish o‘rinlari yaratiladi.
Farg‘ona tumanida “Vodil” malinachilik klasteri negizida majmua tashkil etiladi. Shavkat Mirziyoyev mehmonlar uchun zarur infratuzilma yaratish, bog‘ va plantatsiyalar hududida yengil konstruksiyali servis obyektlarini joylashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
“Sanoat” va “Hosilot” mahallalari hududida xorijiy tajriba asosida agroturistik majmualar tashkil etish rejalashtirilgan. Ularda malina plantatsiyalari, muzlatkichli omborxonalar, mahsulotlarni chuqur qayta ishlash sexlari bo‘ladi.






















