Fanlar akademiyasi prezidenti 79 yoshida vafot etdi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda FA axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda taniqli va e’tirof etilgan olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Behzod Yo‘ldoshev 2024 yilning 28 avgust kuni 79 yoshida vafot etgan.
Ma’lumot uchun, Behzod Yo‘ldoshev 1945 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1968 yilda ToshDUni tugatgan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy xodim (1968—83), direktor (1990 yildan) bo‘lgan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1984—90). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (2000-2006) sifatida faoliyat yuritgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston hududida ov qilishga qariyb 2,5 yillik moratoriy joriy qilinishi mumkin Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga taʼziya yoʻlladi Jurnalist Viktor Mixaylov 68 yoshida vafot etdi O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti bo‘ldi