Ertaga harorat 7 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi.
“O‘zgidromet” 8-dekabr kuni O‘zbekiston hududlarida ob-havo qanday bo‘lishi haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz qor yog‘ishi mumkin.. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yog‘adi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda biroz qor yog‘adi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda biroz qor yog‘adi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
“O‘zgidromet” Yangi yil kuni ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi 26-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berildi 25-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 24-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qildi O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi