11 Oktabr 2024, 13:10 Oʻzbekiston

Eron Saudiya Arabistoniga urush bilan tahdid qildi

Eron Isroilga yordam bersa, Saudiya Arabistoniga urush boshlash bilan tahdid qildi.

Eron Saudiya Arabistoniga urush bilan tahdid qildi

Agar Saudiya Arabistoni Isroilga hujum uyushtirishda yordam bersa, Eron uning neft obyektlari xavfsizligini kafolatlay olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Fors ko‘rfazidagi uch manbaga ko‘ra, ko‘rfaz davlatlari Isroilning Eron neft obyektlariga zarba berishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha AQSh sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Xususan, Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA Isroilga Eronga hujum qilish uchun o‘z havo hududidan foydalanishga ruxsat bermagan va bu haqda AQShni xabardor qilgan, deydi hukumat doiralariga yaqin manba.

Shu bilan birga, Eron shu hafta bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Saudiya Arabistonini agar u Isroilga hujum qilishda yordam bersa, qirollikning neft obyektlari xavfsizligini kafolatlay olmasligi haqida ogohlantirgan. Qirol saroyiga yaqin bo‘lgan saudiyalik tahlilchi Ali Shihobining so‘zlariga ko‘ra, Eron Ar-Riyodga uning ittifoqchilari, masalan, Yaman yoki Iroqdan javob kelishi mumkinligi haqida “aniq signal” yuborgan.

Agar Fors ko‘rfazi mamlakatlari Isroil uchun o‘z havo hududini ochsa, bu urush harakati hisoblanadi, degan eronliklar.

Mashhur yangiliklar