4 Fevral 2025, 14:00 Oʻzbekiston

Erkinjon Turdimovning Samarqanddagi matbuot kotibi Sirdaryo hokimligida ish boshladi

Manuchehr Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari etib tayinlandi.

Erkinjon Turdimovning Samarqanddagi matbuot kotibi Sirdaryo hokimligida ish boshladi

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning tegishli qarori bilan Manuchehr Boborahimovich Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Manuchehr Mirzayev tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan. Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirilgan.

Mashhur yangiliklar