22 Yanvar 2025, 11:23 Oʻzbekiston

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi

Samarqand viloyatining sobiq hokimi Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Erkinjon Oqbutayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Erkinjon Turdimov 2018-yildan 2024-yilgacha Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan. U 2008−2016-yillar davomida Navoiy viloyati hokimi bo‘lgan. Undan so‘ng 2 yil Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2018-yilda Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan Turdimov 2024-yilda mamlakatda o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida qayta tasdiqlangandi.

55 yoshli Turdimov Samarqand viloyatida tavallud topgan. 1991-yildan 1995-yilgacha “O‘zsanoatqurilishbank”ning hududiy bo‘limlarida xizmat qilgan.1996-yilgacha Zarafshon hokimi o‘rinbosari bo‘ldi. 1996-yildan 2000-yilgacha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Navoiy bo‘limida ishlab, Navoiy viloyati Xatirchi tuman hokimiyatiga boshchilik qildi. Undan so‘ng qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.

Mashhur yangiliklar