Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Nomzodi prezident tomonidan ko‘rsatilgan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Erkinjon Turdimov 5-noyabr kuni Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qonunchilikka ko‘ra viloyat hokimi lavozimiga nomzod prezident tomonidan taqdim etiladi hamda ushbu nomzod bo‘yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o‘tkaziladi. Xabarda aytilishicha, shu munosabat bilan viloyat hokimi lavozimiga nomzod bo‘yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o‘tkazish uchun prezident maslahatchisi G.Mirzayev sessiya ishida ishtirok etdi. Maslahatlashuvda prezident tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga Erkinjon Turdimov nomzodi ko‘rsatilgani bildirildi.
Nomzod deputatlarga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga mo‘ljallangan o‘z dasturini taqdim etdi. Nomzod bo‘yicha partiyalar guruhlari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Konstitutsiyaning 122-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Erkinjon Turdimov nomzodi Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Erkinjon Turdimov 2018-yilning iyulida Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangandi. Undan avval Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda bogʻcha va maktab oʻquvchilari xavfsizligiga zid ravishda “ilon oʻyini” tomoshasi oʻtkazilgani aniqlandi Samarqanddagi uyda uch metrlik bo‘g‘ma ilon saqlanayotgani aniqlandi Kogon shahriga ham yangi hokim tasdiqlandi Buxoroning ikki tumaniga yangi rahbarlar keldi Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi