O‘zbekiston

Erkin Gadoyev Toshkentdagi tirbandlik tufayli Transport vazirligiga senator so‘rovi yubordi

Senator muammoni bartaraf etish uchun qanday choralar ko‘rilayotgani bilan qiziqdi.

Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev Toshkent shahrida doimiy ravishda tirbandliklar yuzaga kelib, odamlar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani yuzasidan Transport vazirligiga senatorlik savoli yo‘llab, muammoni hal etish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotgani bilan qiziqdi.

Qo‘mita ta’kidlashicha, o‘quv yili boshlanishi bilan poytaxtda transport oqimi sezilarli darajada oshgan. Shuningdek, poytaxt yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklar fuqarolarning kundalik hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Ba’zida yo‘llardagi tirbandlik tirbandlik shkalasi bo‘yicha maksimal darajaga — 10 ballga yetadi, bu esa poytaxtga ishlash, o‘qish yoki turli yumushlar bilan kelgan minglab fuqarolarning vaqtini behuda sarflashiga olib keladi, — deyiladi xabarda.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentga har kuni 1 millionga yaqin kishi tashrif buyuradi, ulardan 275 ming nafari Toshkent viloyatidan keladi. Shu munosabat bilan viloyatning qo‘shni tumanlaridan minglab avtomobillar ertalabdan poytaxtga kirib, kechga yaqin ortga qaytmoqda, bu ham poytaxt tirbandligini kuchaytirmoqda.

Senator so‘rovida deputatlar Transport vazirligiga ushbu muammoni kamaytirish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotganiga oydinlik kiritish, shuningdek, “Intellektual transport” tizimining bugungi holati, jamoat transportining yagona aglomeratsiya tizimiga integratsiyalashuvi, shuningdek, prezident topshiriqlari ijrosi va ularning bajarilishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kechikishlar sabablari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish so‘ralgan.

Avvalroq prezident Toshkent bo‘ylab kortejsiz yurib, tirbandlikka uchragan edi. Safardan so‘ng Shavkat Mirziyoyev IIV rahbariga qo‘ng‘iroq qilib, yo‘llardagi muammolar bilan shaxsan tanishishni topshirgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная