
Andijonda noqonuniy ziyorat turlarini tashkil etishda gumonlangan ayol qoʻlga olindi
11 Aprel 2025, 18:15Jinoyat ishlari boʻyicha Chirchiq shahar sudi Toshkent viloyatida dorixonaga pichoq bilan bostirib kirgan bosqinchining ishini koʻrib chiqdi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov.
Maʼlumotlarga koʻra, sudda ayblanuvchi oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlgan. Uning tushuntirishicha, jinoyatni mast holda sodir etgan – qarzlar va 15 mln soʻmlik muddati oʻtgan kredit tufayli.
Ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.