Endi reytingi yuqori tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi
Soliq kodeksiga tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi tushunchasi kiritilmoqda.

15-noyabr kuni O‘zbekiston prezident tomonidan imzolangan qonun [O‘RQ-1000-son] bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar qildi. Qonun 23-oktabr kuni ma’qullangan.
Qonun bilan Soliq kodeksiga yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun rag‘batlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Kodeksga tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi tushunchasi kiritilmoqda.
Yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliqlar bo‘yicha (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno) ortiqcha to‘langan summani qaytarish uch kunlik muddatda amalga oshiriladi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo‘yicha “AAA” toifadagi subyektlarga nisbatan esa soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno).
Mazkur toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash tekshiruvlar o‘tkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Tomorqasini qarovsiz qoldirgan xonadon egalari endi uch karra yuqori soliq to‘laydi O‘tgan yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi Mobil aloqa xizmatlari aksiz solig‘idan ozod etildi 1-yanvardan boshlab yer yoki davlat mulki QQSsiz sotiladi Savdo korxonalari 10 oyda qancha soliq to‘lagani ma’lum qilindi
Soʻnggi yangiliklar







