9 Oktabr 2024, 14:33 Oʻzbekiston

Endi davlat oliygohlari hududida ham bog‘cha tashkil etish mumkin

Prezident farmoni bilan davlat oliygohlari hududida bog‘chalar tashkil etishga ruxsat berildi.

Endi davlat oliygohlari hududida ham bog‘cha tashkil etish mumkin

30-sentabr kuni prezidentning “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Norma xabar qilishicha, farmon bilan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘zlariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘lgan bo‘sh yer uchastkalarida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi.

Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xususiy sektor vakillarini qo‘llab-quvvatlash va yanada rag‘batlantirish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish maqsadida:

  • 2018−2022-yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish uchun Davlat budjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi;
  • 2024-yil 1-oktabrdan boshlab bir vaqtning o‘zida bir nechta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsdan ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi bo‘yicha to‘lanadi.

Mashhur yangiliklar