Elektrosamokatlar trotuarlarda 10 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanishi taqiqlandi
Elektrosamokatlarni 14 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar boshqarishi man etildi. Turar-joy dahalari, istirohat va hayvonot bog‘lari, bolalar maydonchalari, ko‘ngilochar joylarda hamda yopiq hududlarda boshqarish bundan mustasno.
O‘zbekistonda elektrosamokatchilarga piyodalar yo‘lkalaridan soatiga 10 kilometrdan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, individual harakatlanish vositalarini (elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monog‘ildirak va boshqa shunga o‘xshash vositalar) boshqarayotgan shaxslar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishi, trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalarida soatiga 10 kilometrdan oshmaydigan tezlikda, ular bo‘lmaganda esa yo‘l chetida soatiga 20 kilometrdan yuqori bo‘lmagan tezlikda harakatlanishi kerak bo‘ladi.
Elektrosamokatlarni velosipedchilar uchun tasma yoki piyoda va velosiped yo‘lkasi mavjud bo‘lganda yo‘lning qatnov qismida, yo‘l yoqalarida yoki qatnov qismining chetida harakatlantirish taqiqlandi. Shuningdek, ularda odam tashish, uzunligi yoki kengligi 0,5 metrdan ortiq tashqariga chiqadigan yoki boshqaruvga xalaqit beradigan yuklarni tashish taqiqlandi.
Elektrosamokatlarni 14 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar boshqarishi man etildi. Turar-joy dahalari, istirohat va hayvonot bog‘lari, bolalar maydonchalari, ko‘ngilochar joylarda hamda yopiq hududlarda boshqarish bundan mustasno. Individual harakatlanish vositalarini boshqaradigan shaxslar turar joy dahalaridan chiqish vaqtida boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishi, qat’iy ravishda harakat yo‘nalishi bo‘yicha boshqarishi kerak.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda elektrosamokat o‘g‘irlagan 19 yoshli yigit ushlandi Tezlikni oshirganlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish taklif etildi