Davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha ishonchnoma onlayn olinadi
Xizmat bepul bo‘ladi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab boshqa shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ishonchnoma rasmiylashtirish imkonini beruvchi yangi onlayn platforma ishga tushiriladi.
Vakolat.uz yangi platformasi fuqarolarga quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
- davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmati natijalarini olish uchun boshqa shaxslarga ishonchnomalarni rasmiylashtirish;
- yuridik shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarni ixtiyoriy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish;
- barcha turdagi ishonchnomalarning haqiqiyligini onlayn rejimda tekshirish.
Platforma bepul. Shuningdek, 2026-yildan boshlab Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish “Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida amalga oshiriladi. Uni Adliya vazirligi ishlab chiqadi. Bunda har bir davlat xizmati bo‘yicha raqamli pasport tuziladi va har bir YIDXPga kiritish normativ-huquqiy hujjat asosida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga yangi band qo‘shishmoqchi. Endi ishonchli vakil transportni xorijga olib chiqishi mumkin bo‘ladi.
Izohlar