3 Iyul 2024, 15:49 Oʻzbekiston

“Dok-1 Maks” ishi boʻyicha apellyatsiya instansiyasi dastlabki hukmni oʻzgarishsiz qoldirdi

Farmagentlik sobiq rahbari Sardor Kariyevning onasi Munira Kariyeva tomonidan sudning depozit hisobraqamiga toʻlangan 2,5 milliard soʻm mablagʻ jabrlanuvchilarning qonuniy vakillariga teng miqdorda taqsimlanishi belgilandi.

Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari boʻyicha apellyatsiya instansiyasi “Dok-1 Maks” ishida ushbu sud hayʼatining 26-fevraldagi hukmini oʻzgarishsiz qoldirdi. 7 nafar sudlanuvchi tomonidan kiritilgan apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmadi.

Farmagentlik sobiq rahbari Sardor Kariyevning onasi Munira Kariyeva tomonidan sudning depozit hisobraqamiga toʻlangan 2,5 milliard soʻm mablagʻ jabrlanuvchilarning qonuniy vakillariga teng miqdorda taqsimlanishi belgilandi.

Mashhur yangiliklar