Dishan qal’a qayta tiklanadi va shahar aholisi dam olishi uchun yashil hududga aylantiriladi
Rekonstruksiya ishlari doirasida hokimiyat 55 ta turar va noturar obektni ko‘chirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda Dishan qal’ani tiklash va uni fuqarolar uchun qulay bo‘lgan sayyohlik obektiga aylantirish rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qal’a hozirda vayron bo‘lgan holatda. Xususan, qal’aning 6200 metrlik devoridan 2000 metri butunlay vayron bo‘lgan, yana 2500 metri avariya holatida.
Qayd etilishicha, ko‘p yillar davomida qal’a devorlari atrofida noqonuniy qurilishlar olib borilgani sababli devor bo‘ylab harakatlanish uchun deyarli joy qolmagan. Ekologiya vazirligi Dishan qal’ani sayyohlik obektiga aylantirishni rejalashtirmoqda, buning uchun vayron bo‘lgan devor tiklanadi, shundan so‘ng hudud yashil hudud va dam olish maskani sifatida xalqqa qaytariladi.
Qal’ani saqlab qolish uchun rasmiylar Xivaning “Shixlar” mahallasidagi 55 ta turar va noturar joy obyektlarini boshqa hududlarga ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Ularning o‘rnida yashil hududlar va bog‘lar barpo etiladi, daraxtlar ekiladi, shuningdek, mas’ul idoralar tomonidan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Mutaxassislar qal’a devorini milliy me’morchilik an’analari asosida tiklash va tarixiy ko‘rinishga keltirishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, devor bo‘ylab eni 1,5-2,0 metr bo‘lgan piyodalar yo‘lagi, unga tutash “Shixlar” va “Angariq” mahallalarida zamonaviy sayyohlik majmuasi barpo etiladi. Bu nafaqat diqqatga sazovor joyni saqlab qolishga, balki uning sayyohlik salohiyatini rivojlantirishga ham yordam berishi rejalashtirilgan.
Avvalroq prezidentga “Do‘stlik” bog‘ini rekonstruksiya qilish loyihasi namoyish etilgani haqida xabar berilgandi. Shahar aholisining talabiga ko‘ra, yashil hudud tinch dam olish uchun yaratilmoqchi.
Izohlar