O‘zbekiston

Dim kechalar va issiqning kuchayishi: haftalik ob-havo

Havo harorati ba’zi joylarda deyarli 45 darajagacha ko‘tariladi.

Dim kechalar va issiqning kuchayishi: haftalik ob-havo

Yangi hafta boshidan O‘zbekiston hududiga janubdan quruq va juda issiq havo kirib kelishi kuchaymoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

16-17 iyunda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 17-19 iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari 40-42° gacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-44° gacha ko‘tariladi. Kechalari ham dim bo‘ladi. Faqat erta tongda haroratning 24-27° gacha qisqa muddatli pasayishi kutilmoqda.

Hafta oxirida harorat foni biroz pasayadi, hududning katta qismida kunduzgi havo harorati 35-38°, janubda 39-41° atrofida bo‘ladi. Ushbu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.

16-18 iyunda shimolda va cho‘l hududlarda, 19-21 iyunda respublikaning aksariyat viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda 20-iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat 36-38° bo‘ladi, 17-19-iyunda 38-41° gacha ko‘tariladi, 20-iyunda esa 35-37° darajagacha pasayadi.

Izohlar

Mavzuga oid