O‘zbekiston

Dim havo va soyada 45 daraja: 22-iyul uchun ob-havo

Yog‘ingarchiliksiz.

22-iyul kuni O‘zbekistonda harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi, ayrim joylarda chang-to‘zon ko‘tarilgan holda kuchli shamol esishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 24-26°, kunduzi 40-42° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 36-41° issiq;
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 36-41° issiq;
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 26-31°, kunduzi 40-45° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Tundagi harorat 20-25°, kunduzi 31-37° bo‘ladi.

Avvalroq sinoptiklar bir haftalik ob-havoni bashorat qilib, o‘zbekistonliklarga jazirama quyosh va chang-to‘zonli shamolni prognoz qilgandi. Shuningdek, shaharliklarga quyoshda kamroq bo‘lish tavsiya qilindi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная