
Deputatlar vaqtincha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilingan haydovchilarni nazorat qilish toʻgʻrisidagi tuzatishlarni qabul qilmadi
“Milliy tiklanish” bunday chora huquqni poymol qilishdan boshqa narsa emasligini qayd etdi.

15-aprel kuni Qonunchilik palatasi majlisida haydovchilik guvohnomasidan vaqtincha mahrum etilgan haydovchilarni profilaktik hisobga olish va nazorat qilishni joriy etish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Majlis arafasida “Milliy tiklanish” fraksiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda tegishli tuzatishlar muhokama qilindi.
Bu haydovchilik huquqini poymol qilishdan boshqa narsa emas. Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilishning oʻzi jazo boʻlganligi sababli, qoʻshimcha nazorat haydovchining huquqlarini buzadi. Qolaversa, bu profilaktika inspektorlariga ortiqcha yuklama, — deyiladi partiya bayonotida.
“Milliy tiklanish” buni vaqtincha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganlar yana rulga oʻtirsa, qonunchilikda javobgarlik borligi bilan ham izohladi. Shu munosabat bilan ushbu normani qonun loyihasidan chiqarib tashlash taklif etildi.
Yigʻilishda fraksiya Qonunchilik palatasi deputatlari “Milliy tiklanish” taklifi qoʻllab-quvvatlangani va qonun loyihasi tegishli oʻzgartirishlar bilan maromiga yetkazish uchun masʼul organga qaytarilganini maʼlum qildi.
Soʻnggi yangiliklar







