O‘zbekiston

Deputatlar renovatsiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi — asosiylar

O‘zgarishlar kuchga kirgunga qadar hujjat Senatdan o‘tishi va prezident tomonidan imzolanishi lozim.

Фото6 Ситуаивное

9-sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.

Loyihada shaharsozlik renovatsiyasining asoslari va maqsadlari, uning majburiy shartlari, asosiy tamoyillari, renovatsiya bosqichlari, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi, shuningdek, ushbu sohadagi davlat boshqaruvi asoslari belgilandi. Renovatsiya ixtiyoriylik tamoyiliga asoslanadi, shuningdek, hech kim ushbu jarayonda ishtirok etishga majburlanmaydi.

Qonun loyihasi quyidagilarni qat’iy kafolatlaydi:

  • xususiy mulkning daxlsizligi va uning davlat tomonidan himoya qilinishi;
  • xususiy mulkning saqlanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;
  • davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilari tomonidan huquq egalarining huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

Renovatsiya paytida hech kim noqonuniy ravishda uy-joyidan mahrum qilinishi mumkin emas. Xususiy mulk huquqini va yer egasining yerga bo‘lgan huquqini amalga oshirish bo‘yicha huquq egasining davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan barcha ziddiyatlar va noaniqliklar huquq egasining foydasiga talqin etiladi.

Renovatsiya loyihasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga kiritish bilan bir vaqtda joylardagi davlat organlari tomonidan “Shaharsozlik renovatsiyasi” platformasi va OAVning rasmiy veb-saytlari orqali jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.

Mavzuga doir: Kompensatsiya, kafolat va himoya: deputatlar “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishni boshladi Hujjat Qonunchilik palatasi majlisida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi, yakunda u birinchi o‘qishda qabul qilindi, bildirilgan takliflar ikkinchi o‘qishga kiritilishi kerak.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная