O‘zbekiston

Deputatlar bir yildan ortiq vaqt davomida tungi va qurilish shovqiniga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunni qabul qila olmayapti

Navbatdagi ovoz berish muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Фото: Ситуативное

Deputatlar “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.

Hujjatning maqsadi — aholini zararli shovqin ta’siridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun loyihasi partiyalar, deputatlar, qo‘mita huzuridagi jamoatchilik kengashi a’zolari va soha mutaxassislarining takliflarini inobatga olgan holda ikkinchi o‘qishga tayyorlandi va maromiga yetkazildi.

Xususan, qonun loyihasi bilan fuqarolarning tinchligi va normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtni amaldagi yetti soatdan (soat 23:00 dan 06:00 gacha) sakkiz soatga (soat 23:00 dan 07:00 gacha) o‘zgartirish taklif etilmoqda. Dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari — soat 22:00 dan 09:00 gacha.

Bu davrda fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Shuningdek, qonun loyihasi bilan ko‘p kvartirali uylarda shovqin darajasi ruxsat etilgan me’yorlardan yuqori bo‘lgan qurilish va ta’mirlash ishlari faqat ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha amalga oshirilishi mumkinligi belgilanmoqda.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan bir qator masalalar ko‘tarildi. Ayrim normalar qayta ko‘rib chiqilishi va takomillashtirilishi zarurligi qayd etildi. Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi maromiga yetkazish uchun mas’ul qo‘mitaga qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz, 20-avgust kuni tungi shovqin uchun jarimalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi ham qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarilgandi. Fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1,2-2 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha (4,1-6,1 mln so‘m) miqdorda jarima solish tarzidagi jazoni kuchaytirish nazarda tutilgan edi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная