27 Mart 2025, 11:54 Oʻzbekiston

Deputat Toshkent planetariysini sotish va qurilish rejalaridan himoya qilib chiqdi

Hokim Umurzoqov nomiga parlament soʻrovi yuborildi.

Deputat Toshkent planetariysini sotish va qurilish rejalaridan himoya qilib chiqdi

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Iminov Toshkent shahridagi planetariyni sotish rejalari munosabati bilan Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovga parlament soʻrovini yoʻlladi.

Deputatning taʼkidlashicha, Toshkent planetariysi Toshkent markazida joylashgan qimmatli va noyob maskan boʻlib, u nafaqat poytaxt aholisi, balki butun Oʻzbekiston bolalari uchun xavf ostida qolmoqda. Maydoni 1 gektarga yaqin boʻlgan hududda 300 ga yaqin manzarali daraxtlar oʻsib turibdi. Bu bolalar uchun arzon va qiziqarli ilmiy obyektdir.

Tarqalgan mish-mishlarga koʻra, bu joyda baland binolar yoki biznes markazi qurilishi mumkin ekan. Savol tugʻiladi: yulduzlar va sayyoralarni orzu qilgan qiziquvchan bolalar endi qayerga boradi? — dedi deputat.

Mashhur yangiliklar