
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amaliyotida qo‘llashga ruxsat beriladigan dorilar ro‘yxati tasdiqlandi
Ular majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qo‘llanishi mumkin.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qo‘llash va olib kirishga ruxsat beriladigan, O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan analoglari mavjud bo‘lmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati tasdiqlandi.
“Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorlariga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i imzolandi va Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qo‘llash va olib kirishga ruxsat beriladigan, O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan analoglari mavjud bo‘lmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Buyruq 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Soʻnggi yangiliklar







