Dam olish kunlari yanada issiq bo‘ladi — O‘zgidromet
Sinoptiklar yaqin kunlar uchun ob-havoni prognoz qildi.

18-iyul va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq va quruq havo kirib kelishi davom etadi.
Kunduzi havo harorati 40-43o, janubda va cho‘l hududlarda 44-45o gacha ko‘tariladi. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida dam olish kunlari issiqning biroz pasayishi kutilmoqda. Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi havo harorati 35-38o issiq bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi 24-27o iliq, kunduzi 40-43o issiq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri ketma-ket besh kun davomida o‘rtacha havo sifatini saqlab turibdi.
Izohlar