27 Sentabr 2024, 17:06 Oʻzbekiston

Dam olish kunlari uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Dam olish kunlari uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

“O‘zgidromet” 27—29-sentyabr kunlari kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 27-sentyabr, juma kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yakshanba, 29-sentyabr kuni kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechalari 7-12 daraja, kunduz kunlari 27-sentyabrda 20-25 daraja, 28-sentyabrda 22-27 daraja, 29-sentyabrda 24-29 daraja bo‘ladi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 9-12 daraja, kunduz kunlari 27 sentyabrda 23-25 daraja , 28—29-sentyabrda 25-28 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.

Mashhur yangiliklar