Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda tuman tushishi saqlanib turadi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Shamol sharqdan kuchsizdan o‘rtachagacha esadi. Ushbu kunlarda havo harorati ko‘tariladi. 9 yanvarda hududning katta qismida kunduz kunlari havo 8-11 daraja iliqqacha, shanba va yakshanba kunlari 12-15 daraja iliqqacha isiydi. Kechasi va ertalab harorat 0-3 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat bugun kunduzi 9-11° iliq bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari harorat kechasi 1-3 daraja iliqqacha, kunduzi 13-15 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.